KASALLIK TARIXI
🚨TEZ! QIZIMIZ HAYOTINI QUTQARAYLIK! 🚨
Assalomu alaykum, saxiy va saxovatpesha aziz yurtoshlarim! Men bir bemor farzandining hayotini saqlashni istagan ona sifatida sizlarga iltimos bilan murojaat qilmoqdaman.
Men Botirova Mahliyo, 1995-yil Jizzah viloyati, Zomin tumanida tug‘ilganman. Hozirda uch nafar farzandim bor va uy bekasiman, ho‘jaynim dala ishlari bilan shug‘ullanadi. 2022-yilda tug‘ilgan farzandim ikki yil oldin saraton kasalligiga chalinib qoldi. Hozirda u 4 yoshda. Shu ikki yildan buyon bu kasallik bilan kurashib kelmoqdamiz. Farzandim ikki marta jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi, hozir esa kasallik yana qaytalab, bel qismida bez paydo bo‘ldi.
O‘tgan yili uni Hindistonga olib borgan edik, tekshiruvlardan so‘ng saratonning raddiosarkoma turi deb tashxis qo‘yildi, unga himoya (himya) dorilari yozdirilib, Hindistondan olib kelindi va O‘zbekistonda ham davoladik. Biroq dorilar to‘liq tugamasdan, qizimning trombazi (qon quyilishi) tushib ketdi, qon ketish holatlari boshlandi va bel qismidagi bez yana qaytadan ko‘payib chiqdi. Hozir qizimning ahvoli og‘ir. Toshkentdagi Bolalar milliy markazida yotdik, shifokorlar uni Hindistonga olib borishimiz kerakligini aytishdi.
Ho‘jaynim qo‘lidagi ozgina pul bilan qizimni Hindistonga olib ketdi. U yerda shifokorlar tekshirib, qizimga 6 ta kurs himya-nur yozishdi. Bu davolanish 25 000$ turadi.
Soliha qizim ko‘p shunday deydi: “Men ham katta bo‘lsam, opa, doktor bo‘laman.” Shu gaplarini eshitib ichim eziladi. Ollohning rahmi bilan qizimning barcha istaklari amalga oshsin. Sizlar ham farzandimning orzulari yo‘lida ozgina hissangizni qo‘shing.
Ollohdan umidim bor: agar biroz harakat qilsak, qizim sog‘ayib ketadi. Sizlardan iltimos, duolaringizga qizimni qo‘shing va imkoningiz bo‘lsa, ozgina ehson qilishingizni so‘rayman. Qilgan ehsonlaringizni Olloh qabul qilsin! 🤲🤲🤲🤲